Vyetnamning markaziy qismida rekord darajadagi yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi bedarak yo‘qoldi.
Bu haqda mahalliy hukumat ma’lum qildi.
Mamlakatning eng mashhur plyajlaridan biri joylashgan Da Nang shahrida va qadimiy Xoy An shahrida olti kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.
Suv toshqinlari, shuningdek, 103 mingdan ortiq uyni, birinchi navbatda, mamlakatning asosiy sayyohlik hududlari Xyu va Xoy Anni suv ostida qoldirdi. Bu mintaqada kunlik yog‘ingarchilik rekord darajaga yetdi.