Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Vens Trampning o‘chirish tugmasi yo‘q"

Vens Trampning o‘chirish tugmasi yo‘q"

AQSh vise-prezidenti Jeyms Devid Vens Amerika yetakchisi Donald Trampni "o‘chmaydigan" baquvvat odam deb ta’rifladi va uning 2028 yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yish-qo‘shmasligiga aniqlik kiritishdan bosh tortdi.

Uning so‘zlaridan Fox News iqtibos keltirmoqda.

"U bilan har kuni ishlaganimdan shuni bilib oldimki, uning o‘chirish tugmasi yo‘q. Ba’zan prezident sizga soat 12:30 yoki ikkida qo‘ng‘iroq qiladi, keyin esa ertalab soat oltida butunlay boshqa narsa haqida qo‘ng‘iroq qiladi. Prezident, kechasi uxlamaydi, shekilli" - dedi Vens.

Bo‘lajak saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lish haqida so‘ralganda, u bor e’tiborini hozirgi ishiga qaratmoqchi ekanligini aytdi. Agar u oraliq saylovlarda muvaffaqiyat qozonsa, u holda 2027 yilgi siyosat haqida gapirish mumkin, dedi AQSh vise-prezidenti.

Amerikaliklar hozirgi mavqeida bor-yo‘g‘i yetti oy o‘tgandan keyin nomzodini qo‘yishga tayyor bo‘lganlardan charchagan, deya ta’kidladi siyosatchi.

Kiritildi: 13:30 07.09.2025. O'qildi: 1015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!