AQSh vise-prezidenti Djey Di Vens Kaliforniya va boshqa shtatlarda davlat mablag‘larini o‘zlashtirish ehtimolini tekshiradigan maxsus guruhga rahbarlik qiladi.
Bu haqda CBS News o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda tegishli farmonni imzolaydi.
Ta’kidlanishicha, yaqinda yangi tashkil etilgan Bosh prokurorning firibgarlik bo‘yicha yordamchi lavozimiga tayinlangan Kolin Makdonaldga Vensning maxsus guruhi bilan yaqindan muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi. Manbaga ko‘ra, Tramp AQSh Adliya vazirligining bu sohadagi ishidan norozi, shuning uchun bu vazifalar yangi tashkil etilgan maxsus guruhga yuklatiladi.
Kanalning ma’lumotlariga ko‘ra, Kaliforniyada bir necha milliard dollarlik ishsizlik nafaqalari va COVID-19 to‘lovlarini o‘zlashtirish ehtimoli fosh etilgan.
Bolalarni oziqlantirish dasturi bilan bog‘liq 19 milliard dollarlik o‘g‘irlikka olib kelgan ulkan firibgarlik sxemasi ilgari Minnesotada fosh qilingan edi. Keyinchalik u rasmiylar Kaliforniya va boshqa shtatlarda ham shunga o‘xshash tergov boshlashini e’lon qildi.