Vengriyada Polshaga tegishli avtobus ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 12 kishi halok bo‘ldi, kamida yana 10 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Reuters Vengriya bosh vaziri Peter Madyarga tayanib xabar berdi.
Agentlik keltirgan MTI ma’lumotiga ko‘ra, avtobus mamlakat shimoli-sharqidagi Mezyokerestesh shahri yaqinida yo‘ldan chiqib ketgan va ag‘darilgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari, jumladan avariyaga nima sabab bo‘lgani haqida hozircha ma’lumot berilmagan.