Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Vengriya va Slovakiyaga “Drujba” quvuri orqali neft yetkazib berish qayta tiklanmoqda

Vengriya va Slovakiyaga “Drujba” quvuri orqali neft yetkazib berish qayta tiklanmoqda

“Ukrtransnafta” (quvurni Ukrainadagi qismi operatori) ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Ukraina tomonida bosimning oshirilishi va “Drujba” neft quvurining to‘ldirilishi boshlangan.

Mazkur quvur orqali neft haydash qayta tiklanishi haqidagi signalni “Ukrtransnafta”dan Vengriyaning MOL kompaniyasi ham oldi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, “Drujba” quvuri orqali xom neftning tranziti tiklangan.

"Slovakiyaga neft haydash va yetkazib berish 23 aprel ertalab qayta tiklanishi kutilmoqda", — deya xabar berdi Slovakiya energetika vaziri Denisa Sakova.

Kuni kecha Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvlarga muvofiq, “Drujba” neft quvurining shikastlangan qismini ta’mirlashni yakunlaganini ma’lum qilgandi. Vengriya va Slovakiyaga Rossiya neftini yetkazib berish yanvar oyi oxirida to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Kiritildi: Bugun 18:32. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!