Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban mamlakat Ukrainaga moliyaviy yordamni nazarda tutuvchi Yevropa Ittifoqi (EI) byudjeti loyihasini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida bayonot berdi, deb xabar bermoqda "Report" nashri.
Orban bayonotida shunday dedi:
“Vengriya Vengriyaliklarning pullarini Ukrainaga yuborishga, Vengriya qishloq xo‘jaligini yo‘q qilishga va mamlakatimizni shantaj oldida zaiflashtiradigan byudjetga rozi emas.”
Uning ta’kidlashicha, Vengriya faqatgina Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi siyosiy yo‘nalishi — ya’ni urush, migrasiya va gender masalalari bo‘yicha kun tartibi bilan kelishilgan holdagina resurslarni taqsimlash shartlarini qabul qilishi mumkin.
Orbanning bu pozisiyasi Yevropa Ittifoqi doirasida Ukrainaga yordam masalasidagi bahslarni yanada kuchaytishi mumkin.