Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Polshaning Yevropa Ittifoqi (EI) migrasiya paktini amalga oshirishdan bosh tortishi Yevropada "qo‘zg‘olon"ga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Vengriya bosh vaziri bu haqda Facebook’dagi sahifasida yozdi.
U Yevropada ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga ishora qildi.
"Prezident Karol Navroski Polshada migrasiya paktini amalga oshirishdan bosh tortmoqda. Biz ham uni qabul qilmaymiz. Hozir biz ikkalamizmiz. Agar uchinchi davlat qo‘shilsa, bu qo‘zg‘olon bo‘ladi", - dedi Orban.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqining migrasiya paktida Yevropa Ittifoqi davlati tomonidan rad etilgan har bir muhojir uchun 20 ming yevro miqdorida badal to‘lanishi ko‘zda tutilgan.