AQSh nazorati ostidagi Venesuela neftini sotishdan tushadigan daromad fevral oyi oxiriga qadar 2 milliard dollarga yetadi.
Reuters agentligi bu haqda AQSh energetika vaziri Kris Raytga tayanib xabar berdi.
AQSh energetika vaziri oy oxiriga qadar taxminan 40 million barrel neft bir barrel uchun taxminan 50 dollar narxda sotilishini kutmoqda. Rasmiyning ta’kidlashicha, Venesuyela uglevodorodlari Osiyo va Yevropadagi iste’molchilarga sotiladi.
Raytning qo‘shimcha qilishicha, mustaqil Xitoy neftni qayta ishlash zavodlari Venesuela neftini ochiq bozorda sotib olishlari mumkin bo‘ladi.