Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Venesueladagi RV-1 tadqiqot reaktorida ishlab chiqarilgan barcha boyitilgan uranni AQSh olib chiqib ketdi

Venesueladagi RV-1 tadqiqot reaktorida ishlab chiqarilgan barcha boyitilgan uranni AQSh olib chiqib ketdi

Venesueladagi RV-1 reaktori foydalanishdan chiqarildi, u yerda saqlangan barcha boyitilgan uran esa mamlakatdan olib chiqib ketildi

Bu haqda AQSh Milliy yadro xavfsizligi boshqarmasi (NNSA) xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, eskirgan yadro inshooti rekord darajadagi qisqa vaqt ichida foydalanishdan chiqarilgan.

Yadroviy tadqiqotlar olib borilgan RV-1 reaktori 1991 yilda to‘xtatilgan, ammo u yerda boyitilgan uran zaxiralari saqlanib qolgan. Amerikalik va venesuelalik mutaxassislar, shuningdek, MAGATE ekspertlaridan iborat jamoa olti hafta ichida 13,5 kg uranni ajratib oldi va uni ishlatilgan yadro yoqilg‘isi uchun konteynerga joylashtirdi.

Konteyner 160 km quruqlik bo‘ylab portga yetkazildi va u yerda Britaniyaning Nuclear Transport Solutions kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan maxsus kemaga yuklandi. May oyi boshida yuk AQShga yetib keldi va qayta ishlash va qayta foydalanish uchun Savanna-River (Janubiy Karolina) yadro majmuasi hududiga yetkazildi, deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!