Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Peter Madyar Vengriya prezidentini iste’foga chaqirdi

Peter Madyar Vengriya prezidentini iste’foga chaqirdi

Vengriyaning yangi bosh vaziri Peter Madyar lavozimdagi ilk nutqida mamlakat prezidenti Tamash Shuyokni darhol iste’foga chiqishga chaqirdi. Uning nutqi DRM News YouTube kanali orqali namoyish etildi.

“Tamash Shuyok Vengriyaning demokratik yangilanishiga to‘sqinlik qilmasligi va 31 maydan kechiktirmay iste’foga chiqishi kerak”, — dedi saylangan bosh vazir.

Madyar shuningdek, Vengriya prezidentini qonunbuzarliklarda hamda ijtimoiy, siyosiy va moliyaviy sohalardagi hukumat suiiste’mollariga ko‘z yumganlikda aybladi.

Bugun Peter Madyar rasman Vengriya bosh vaziri sifatida ish boshladi. Uning “Tisa” partiyasi muxolifat safidan hokimiyatga keldi.

Peter Madyar 16 yil davomida mamlakatni boshqargan Viktor Orbanning o‘rnini egalladi.

Kiritildi: Bugun 21:47. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!