Venesuela prezidentining rafiqasi AQSh qamoqxonasida yurak xurujini boshdan kechirdi.
Bu haqda Associated Press uning advokatlariga tayanib xabar berdi.
Nikolas Maduroning xotini 69 yoshli Siliya Floresning qamoqxonada sog‘lig‘ida muammolar kuzatilmoqda. Xuruj iyul oyida sodir bo‘lgan. Shu sababli uning himoyachilari sudyadan ayolni uy qamog‘iga o‘tkazishni so‘ramoqchi, sababi Siliya Floresning kasalligini qamoqxonada davolab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, hibsda bo‘lganida Flores 11 kilogramm vazn yo‘qotdi.
Eslatib o‘tamiz, ularga giyohvand moddalar savdosi va boshqa bir qator ayblar qo‘yilgan. Agar er-xotin AQShga kokain jo‘natish bo‘yicha til biriktirganlikda aybdor deb topilsa, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.