Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Venesuela Maduroning xavfsizligi uchun mas’ul generalini ishdan bo‘shatdi

Venesuela Maduroning xavfsizligi uchun mas’ul generalini ishdan bo‘shatdi

Venesuelaning vaqtincha prezidenti Delsi Rodriges mamlakat prezidenti Nikolas Maduroning xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan general-mayor Xaviyer Markano Tabatani lavozimidan ozod qildi. Bu qaror AQSh maxsus operasiyasi davamida Maduroni muhofaza qilish uchun zarur choralar ko‘rilmagani sababli qabul qilindi.

Tabataning o‘rniga general Gustavo Enrike Gonsales Lopes tayinlandi — u prezident himoya gvardiyasi boshlig‘i va harbiy kontrrazvedka — DGCIM direktori bo‘lib xizmat qiladi.

Rodriges vaqtinchalik rahbar sifatida bu tayinlashlar xizmatlar davomiyligini, tinchlik va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilganini aytdi.

Gustavo Gonsales Lopes ham SEBIN maxsus xizmatining sobiq rahbari bo‘lgan va siyosiy raqiblarga nisbatan inson huquqlari buzilgani bo‘yicha xalqaro tanqidlarga duch kelgan.

Kiritildi: 14:50 08.01.2026. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!