Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida 3 ta oltin va 5 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida 3 ta oltin va 5 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi

Malayziyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda sportchilarimiz yuqori natijalarni qayd etib, 3 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Hamyurtimiz Samira Ismoilova mazkur musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylandi. Ismoilova turnir davomida 2 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdan tashqari, yakkalik ta’qib poygasi dasturidagi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va jahon rekordini o‘rnatdi. Sportchimiz 3 000 metr masofani 3:46.800 daqiqada bosib o‘tdi.

G‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:

  • Kattalar: Dmitriy Bocharov, skretch
  • Yoshlar: Samira Ismoilova, omnium
  • Yoshlar: Samira Ismoilova, yakkalik ta’qib poygasi (Osiyo va jahon rekordi)

Bronza medal:

  • Yoshlar: Samira Ismoilova, ochkolar uchun guruh poygasi
  • Yoshlar: Samira Ismoilova va Nadejda Barteneva, juftlik medison
  • Kattalar: Asal Rizayeva va Nafosat Qoziyeva, juftlik medison
  • Kattalar: Nafosat Qoziyeva, omnium
  • Kattalar: Nafosat Qoziyeva, ochkolar uchun guruh poygasi.
Kiritildi: 13:40 27.02.2025. O'qildi: 1016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!