Xitoy futbol assosiasiyasi (XFA)murabbiy izlash borasidagi arizalarni qabul qilishni nihoyasiga yetkazdi va yetti nafar murabbiy ichidan yakuniy uchta variantni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Championat.asia saytiga ma’lum bo‘lishicha, oxirgi nomzodlar orasida italiyalik sobiq futbolchi Fabio Kannavaro, O‘zbekiston bosh murabbiyi Timur Kapadze va mahalliy murabbiy Chjen Chji o‘rin olgan. Endi mana shu uch nomzod ko‘rib chiqiladi.
Xitoyning mahalliy nashrlari yozishicha, XFAning asosiy ustuvorligi Timur Kapadze bo‘lib turibdi. OAV yozishicha, tashkilot allaqachon Kapadze bilan aloqaga chiqishga ulgurgan.
O‘zbekstonlik murabbiyning XFA mezonlariga mos kelishiga bir necha mezonlar sabab bo‘lgan:
– yillik maoshi 3 mln yevrodan kam;
– ulkan murabbiylik tajribasi;
– yosh ekanligi;
– Osiyo va Yevropa futboli borasida tushunchaga ega ekanligi.
E’tiborlisi, boshqa murabbiylardan farqli o‘laroq, Kapadze Xitoy murabbiyligi uchun ariza topshirmagan. Aksincha, avval XFA u bilan bog‘lanib, uni yakuniy nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan.
Murabbiy tanlovi Xitoy terma jamoasining keyingi to‘rt yildagi yo‘nalishini belgilaydi. Yangi murabbiy jamoani nafaqat jahon chempionati saralash bosqichiga olib boradi, balki 2030 yilgi jahon chempionatiga ham tayyorlaydi.
Kapadze ayni damda O‘zbekiston terma jamoasi sifatida faoliyat yuritadi, biroq uning shartnoma muddati tez orada yakunlanadi. U hozirda XFA taklifini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Agar muzokaralar muammosiz davom etsa, kelasi oydan boshlab u rasman o‘z lavozimiga kirishishi kutilmoqda.