Vashington va Tehron Eronning yadroviy dasturiga oid ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda «Al-Arabiya» telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Eron yadroviy ob’ektlarining demontaj qilinishini oldini olish maqsadida ular ustidan xalqaro nazorat o‘rnatilishiga rozi bo‘lgan. Shuningdek, Tehron boyitilgan uranni Xitoyga o‘tkazish va undan keyin uni AQShga topshirmaslik majburiyatini olishni istamoqda.