Manbalarga ko‘ra, Oq uy Taybeydan prezident Lay Sin-dening Lotin Amerikasi mintaqasiga safari davomida tranzit marshrutini o‘zgartirishni, Nyu-York orqali o‘chmaslikni so‘ragan.
Tayvan esa mamlakat prezidenti xorijiy safarlarga chiqishni rejalashtirmayotganini bildirgan. Bunga ichki muammolar, jumladan, tabiiy ofatlar va AQSh bilan tariflar bo‘yicha muzokaralar sabab sifatida ko‘rsatilgan.
"Sababi nima bo‘lishidan qat’i nazar, tashrifning bekor qilinishi, shubhasiz, Pekin uchun katta diplomatik g‘alaba hisoblanadi va bu Vashington AQSH-Xitoy munosabatlari uchun yomon namuna yaratmoqda, degan xavotirni kuchaytirmoqda", deya izohlaydi Associated Press.