Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Varshavada tungi vaqtda spirtli ichimliklar sotish taqiqlandi

Varshavada tungi vaqtda spirtli ichimliklar sotish taqiqlandi

Polsha poytaxti Varshava shahrida 1 iyundan boshlab tungi vaqtda alkogol mahsulotlarini sotishga taqiq joriy etildi, deb xabar beradi euronews.

Endi soat 22:00 dan 06:00 gacha do‘konlar va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida alkogol mahsulotlarini sotish to‘xtatiladi. Bu qaror shahar kengashining qaroriga muvofiq qabul qilindi. Istisno tariqasida Shopen aeroportidagi duty free hududi belgilangan.

Bundan avval bunday cheklovlar sinov tariqasida faqat ikkita tumanda — Sredmestye va Praga-Puludne hududlarida joriy etilgan edi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim hududlarda kamayish 37 foizdan ham oshgan. Shu bilan birga, qo‘shni tumanlarda — Praga-Puludne, Targuvek va Volyada polisiya faoliyatining biroz oshgani ham qayd etilgan.

Shahar aholisining fikri ikki xil. Bir qismi bu cheklov jamoat xavfsizligini oshiradi va shahar tartibini yaxshilaydi, deb hisoblaydi. Boshqa ba’zi aholi esa bunday qadam biznesga va erkinlikka ta’sir qilishi mumkinligi haqida xavotir bildirmoqda.
Tungi vaqtda alkogol sotishni taqiqlash g‘oyasi jamiyatda avvaldan muhokama qilib kelingan. Bu tashabbusni birinchi bo‘lib Miasto Jest Nasze tashkiloti ko‘targan. Varshava meri Rafal Tshaskovskiy dastlab bu qarorni qo‘llab-quvvatlamagan bo‘lsa-da, keyinchalik uni butun shahar bo‘ylab kengaytirish taklifi bildirilib, oxir-oqibat umumshahar darajasida joriy etilgan.

Hozirgi kunda Polshadagi 200 dan ortiq munisipalitetda shunday cheklovlar amal qiladi

Kiritildi: Bugun 13:42. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!