Hukumat qarori bilan (796-son, 17.12.2025 y.) «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu nizomga ko‘ra, sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxslarga quyidagi to‘lovlar to‘lanadi:
Sug‘urtalangan shaxslarga sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda, to‘lovlar quyidagi shartlarga asosan tayinlanadi:
Shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi bo‘yicha to‘lovlar mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun, biroq 1 kalendar yil davomida 182 kalendar kundan oshmagan qismi uchun amalga oshiriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa miqdorini hisoblashda sug‘urtalangan shaxsning sug‘urta stajiga mutanosib ravishda o‘rtacha oylik ish haqiga quyidagi staj koeffisiyenti qo‘llaniladi:
Sug‘urtalangan shaxslarga tayinlangan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash moliyaviy agent tomonidan amalga oshiriladi.