Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Valverde «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatida kuchli o‘ntalikka kirdi

Valverde «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatida kuchli o‘ntalikka kirdi

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatida kuchli o‘ntalikka kirdi.

Urugvaylik futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin (3:0)da het-trik qayd etdi. Madriddagi bahsdan so‘ng Valverdening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish ehtimoli bo‘yicha ro‘yxatda 8-o‘ringa ko‘tarildi.

Mukofotni qo‘lga kiritish uchun asosiy favorit hozircha «Barselona» vingeri Lamin Yamal bo‘lib turibdi. 2-o‘rinda «Real» hujumchisi Kilian Mbappe, kuchli uchlikni «Bavariya» forvardi Harri Keyn yakunlab bergan.

2026 yilgi «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogarlar:

1. Lamin Yamal («Barselona»);

2. Kilian Mbappe («Real»);

3. Xarri Keyn («Bavariya»);

4. Deklan Rays («Arsenal»);

5. Maykl Olise («Bavariya»);

6. Vinisius («Real»);

7. Erling Holand («Manchester Siti»);

8–9. Federiko Valverde («Real»);

8–9. Vitinya («PSJ»).

Kiritildi: 23:45 13.03.2026. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!