Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Vahshiylik! O‘zbekistonda erkak itini shafqatsizlarcha o‘ldirdi. Unga qanday chora ko‘riladi?

Vahshiylik! O‘zbekistonda erkak itini shafqatsizlarcha o‘ldirdi. Unga qanday chora ko‘riladi?

Itni shafqatsizlarcha o‘ldirgan fuqaroga nisbatan chora ko‘riladi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin “Exo Uzbekistana” telegram kanalida “sardor” ismli foydalanuvchi ventilyator oldida yotgan itining orqa tomonidan kelib miltiq bilan uning orqa tomoniga o‘q uzadi. Bu ham yetmagandek keyin pichoq bilan itning boshini kesib oladi.

Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan ushbu video bir zumda yuzlab kishilarning yuragini larzaga soldi. Ko‘pchillik nahotki shunday shafqatsiz inson O‘zbekistonda bor bo‘lsa?, - deb savol berdi.  

Ushbu video tezda o‘chirib tashlanishiga qaramasdan, Toshkent shahar IIBB undan xabar topgan va videoda tasvirlangan voqea bo‘yicha o‘z tekshiruvini boshlayub yuborgan.

“Ushbu fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Ushbu harakatni sodir etgan kishiga nisbatan ko‘rilgan chora haqida ko‘shimcha xabar beramiz. Kurol saklash konuniyligi tekshiriladi”, - deyilgan IIBB xabarida.

Shuningdek, IIBB O‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lga kishilar qonun oldida javob berishini eslatib o‘tgan.  

“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”, - deyilgan O‘zbekiston Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining 111 moddasida.

 

Kiritildi: 11:04 24.06.2019. O'qildi: 2263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!