Uzunligi 100 metr bo‘lgan dunyodagi eng kichik shahar.
Bu kichik shaharcha Xorvatiyada joylashgan. Hum shahrining uzunligi 100 metrga cho‘zilgan va unda 52 kishi istiqomat qiladi.
Mazkur shaharcha tarixiy manbalarda ilk bor 1102 yilda tilga olingan. U o‘sha davrlarda soqchilar shaharchasi sifatida tashkil etilgan.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda dastlab dushman kelishining oldini olish va kuzatish maqsadida bir necha kishidan iborat soqchilar minorasi paydo bo‘lgan. 1552 yilda shaharchada qo‘riqchilar va ularning oilalari uchun uy-joylar qurilgan. Hozirgi kunda shaharcha sayyohlar orasida mashhur manzil hisoblanadi.