Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Uzum 70 mln dollar investisiya jalb qilib, 1,5 mlrd dollarlik kompaniyaga aylandi

Uzum 70 mln dollar investisiya jalb qilib, 1,5 mlrd dollarlik kompaniyaga aylandi

Uzum Xitoyning Tencent kompaniyasi va xalqaro fondlardan 70 mln dollar investisiya jalb qildi. Bu kompaniya bahosini 1,5 mlrd dollarga yetkazib, mamlakatning eng yirik texnologik loyihasiga aylantirdi.

TechCrunch ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi yetakchi raqamli ekotizim Uzum Xitoyning yirik IT giganti Tencent hamda xalqaro investisiya fondi VR Capitaldan qariyb 70 mln dollar investisiya jalb qildi. Mazkur kelishuvda 2024 yil mart oyidagi birinchi raundning yetakchi investori bo‘lgan FinSight Ventures ham ishtirok etdi.

Ushbu sarmoya natijasida Uzumning bozordagi bahosi taxminan 1,5 mlrd dollarga yetdi. Bu Xitoyning Tencent kompaniyasi tomonidan O‘zbekistondagi ilk texnologik investisiya bo‘lib, mamlakat raqamli iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchning yorqin ifodasidir.

Uzum xizmatlaridan har oyda qariyb 17 mln foydalanuvchi benefit olyapti. Uzum Bank kartalaridan foydalanuvchilar soni 2 mln nafardan oshib ketgan. Kompaniya 3 yildan kam vaqt ichida mamlakatning yirik soliq to‘lovchilaridan biriga aylandi, butun O‘zbekiston bo‘ylab 12 mingdan ortiq ish o‘rni yaratdi va 40 mingdan ziyod tadbirkorni biznesini rivojlantirishda qo‘llab-quvvatladi.

Jalb qilingan mablag‘lar Uzumning o‘z fintex infratuzilmasini rivojlantirishga, mahsulotlar turini kengaytirishga, raqamli savdo yechimlarini takomillashtirishga hamda onlayn savdo va fintex bozoridagi yetakchilik pozisiyasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

Ma’lumot uchun,Tencent — Shenchjen shahrida joylashgan, dunyodagi eng yirik texnologiya va investisiya konglomeratlaridan biri bo‘lib, 800 dan ortiq kompaniyada ulushga ega. VR Capital esa Nyu-York va Londonda joylashgan, 8 mlrd dollardan ortiq aktivlarga ega xalqaro investisiya fondidir. FinSight Ventures esa fintex va elektron tijorat sohalarida yirik tajribaga ega venchur fondi hisoblanadi.

Kiritildi: 18:42 05.08.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!