Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“O‘ztransgaz”ning 188 mlrd.so‘mlik noqonuniy harakatlari aniqlandi

“O‘ztransgaz”ning 188 mlrd.so‘mlik noqonuniy harakatlari aniqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat ishlari doirasida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli mintaqaviy gaz ta’minoti korxonalarining 2018 yil va 2019 yilning 1 choragida tadbirkorlik sub’ektlariga tabiiy gaz yetkazib berish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida, respublika bo‘yicha 8 701 ta holatda mintaqaviy gaz ta’minoti korxonalari tomonidan belgilangan tariflarni asossiz oshirishi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan oldindan to‘langan to‘lovlarni hisobga olmaslik kabi qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Umuman olganda respublika bo‘yicha ko‘rsatilgan davr mobaynida gaz ta’minoti korxonalari tomonidan jami 188,2 mlrd.so‘m miqdorida asossiz daromad olingan.

Kiritildi: 07:30 10.10.2019. O'qildi: 1476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!