Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Uzoq umr ko‘rish sirini maxsus parhezdami?

Uzoq umr ko‘rish sirini maxsus parhezdami?

AQShlik uzoq umr ko‘ruvchi Helen Sofis 105 yoshini nishonladi va uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.

Akron Beacon Journal gazetasi xabar berishicha, Sofis uzoq umr ko‘rishning asosiy sirini «sog‘lom turmush tarzi», jumladan, jismoniy faollik va O‘rta yer dengizi parheziga amal qilishda deb biladi.

105 yoshli ayol kelib chiqishi yunon bo‘lgani sababli ko‘pincha milliy taomlarni iste’mol qilishini aytdi. Ushbu taomlar tarkibida o‘simlik mahsulotlari va foydali yog‘lar ko‘p bo‘lib, baliq, sabzavotlar, dukkaklilar, pishloq va butun donli mahsulotlar muhim o‘rin tutadi.

Bundan tashqari, Sofis doimo faol hayot tarzini olib borgan. Maktabda o‘qigan paytida basketbol va voleybol o‘ynagan, universitetda esa tennis bilan shug‘ullangan.

Ikkinchi jahon urushi davrida zavod sexida mehnat qilgan. Keyinchalik esa golf o‘yiniga qiziqib qolgan.

Uning fikricha, sog‘lom ovqatlanish va muntazam jismoniy faollik uzoq umr ko‘rishda muhim ahamiyatga ega.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!