Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘ziga o‘zi rejissyor

O‘ziga o‘zi rejissyor

KXDR rahbari Kim Chen In o‘z o‘tmishdoshlari merosidan asta-sekin uzoqlashayotganini Janubiy Koreya birlashish vazirligi ta’kidlamoqda.

Vazirlik o‘tgan yildan beri Shimoliy Koreyada Kim Ir Sen va Kim Chen Irning tug‘ilgan kunlari (Quyosh kuni va Yo‘lboshchi yulduz kuni) uchun rasmiy bayram nomlaridan deyarli foydalanilmayotganiga e’tibor qaratdi.

1972 yilda Kim Ir Senning 60 yilligi nishonlanganidan so‘ng, har bir voyaga yetgan shimoliy koreyalik uydan tashqarida doimo ko‘kragiga rahbarning surati tushirilgan nishonni taqib yurishi shart edi. Taxminan 20 ta turli xil nishon mavjud bo‘lib, ular taquvchining lavozimini ko‘rsatib turardi. Bu qoida faqat Kim Chen In hokimiyatga kelgach yengillashtirilib, nishonlarni faqat Mehnat partiyasi va Kim Ir Sen - Kim Chen Ir yoshlar ittifoqi (hukmron partiya va komsomolning mahalliy muqobili) a’zolari taqadigan bo‘ldi. Qiziq tomoni shundaki, hatto Kim Chen In va uning rafiqasi Li Sol Chju ham jamoat joylarida nishonsiz paydo bo‘lmoqda.

Kiritildi: 22:48 19.02.2025. O'qildi: 2119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!