"Mening fikrimcha, Zelenskiy soxta shaxsdir. U bilishimcha, o‘rtamiyona qiziqchi sifatida tanilgan. Men uning jinsiy a’zosi yoki shunga o‘xshash narsa bilan pianino chalib, o‘z shuhratini ko‘z-ko‘z qilganini ko‘rganman. Ammo, qanday bo‘lmasin, u Atlantika ortidagi kuchlar uchun foydali qurolga aylandi. Menimcha, bu yerda ko‘ringanidan ko‘ra ko‘proq narsa sodir bo‘layotganini anglab yetishimiz lozim. <...> Zelenskiyni Ukrainada atigi 4 foiz aholi qo‘llab-quvvatlaydi, u umuman xalqchil rahbarga o‘xshamaydi. Shu bois, aslida Ukraina diktaturaga aylanib qoldi," - dedi Erl Mask.
Shuningdek, u o‘g‘lining Ukrainaga ajratilgan mablag‘larning katta qismi hisobga olinmagani to‘g‘risidagi bayonotini qo‘llab-quvvatladi va buni "tarixdagi eng yirik o‘g‘irlik tizimi" deb atadi.