Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

«O‘zbekneftgaz»ga tegishli uskunani 25 ming dollarga sotishga uringan sobiq xodim qo‘lga olindi

«O‘zbekneftgaz»ga tegishli uskunani 25 ming dollarga sotishga uringan sobiq xodim qo‘lga olindi

Qashqadaryoda Buxoro viloyatining Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga tegishli bo‘lgan uskunani sotishga uringan sobiq sex boshlig‘i va uning sherigi qo‘lga olindi, deb xabar beradi NasafNews.

Ma’lum qilinishicha, 16 sentyabr kuni DXX viloyat boshqarmasi va departamentning Muborak tuman bo‘limi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga tegishli bo‘lgan 1 dona «favvora armaturasi»ni boshqarmaning sobiq sex boshlig‘i S.G. va Muborak gazni qayta ishlash zavodida ishlovchi K.SH. noqonuniy ravishda sotishga uringani aniqlangan. Ular kelishilgan puldan 19 ming dollarni Muborak tumani «Do‘stlik» mahallasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, olib borilgan surishtiruvlar davomida S.G. noqonuniy ravishda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ishlovchi mansabdor shaxslar bilan o‘zaro kelishgan holda 4 dona 1 milliard 56 million so‘mlik «favvora armatura»sini o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda S.G. va K.SH. hamda Gazli neft va gazni qazib chiqarish boshqarmasi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 05:00 13.10.2021. O'qildi: 2122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!