Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbeklar ko‘p mashina sotib olmoqda

O‘zbeklar ko‘p mashina sotib olmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil iyul oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida savdolar sezilarli darajada oshgan.

Sotilgan avtotransport vositalari hajmi 116,8 ming dona bo‘lib, bu joriy yil iyun oyiga nisbatan 27 foizga ko‘p va 2024 yil yanvaridan beri (144,5 ming dona) eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Engil avtomobillarning umumiy savdosi deyarli 100 000 donani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 25 foizga ko‘p.

Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar yetakchi pozisiyani saqlab qoldi va 38,6 foiz o‘sish bilan 32,9 ming dona sotuv hajmiga erishdi.

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi ham ijobiy dinamikani ko‘rsatib, 5,4 ming donani tashkil etdi, bu iyun oyidagi ko‘rsatkichdan 35,8 foizga yuqori.

Kiritildi: 09:31 14.08.2025. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!