Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Yurtimizning Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik protokol rahbari Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

O‘zaro muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Serbiya munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishgan.

Branko Radovanovich O‘zbekistonning Serbiyaga birinchi elchisi tayinlanganini olqishlab, bu qadam ikki tomonlama hamkorlikning butun yo‘nalishiga yangi sur’at bag‘ishlashini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, diplomatimiz Oybek Shaxavdinov 2024 yil 13 dekabr kuni Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. U shuningdek, diyorimizning Vengriyadagi birinchi hamda o‘rindoshlik asosida Xorvatiya va Chernogoriyadagi elchisi ham hisoblanadi.

Kiritildi: 15:25 08.07.2025. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!