Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari statistikasini yangiladi.
2020 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 33,4 mlrd dollarni, xalqaro zaxiralar 32,7 mlrd dollarni tashkil etdi.
O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikasiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor oltin (18,6 mlrd dollar) va xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (14,5 mlrd dollar, sentyabrda - 15,4 mlrd dollar) o‘rtasida taqsimlangan.
Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» deb ham hisoblanadi - ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.
O‘zbekiston 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Bu xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘p.