Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini ta’minlash bo‘yicha e’lon qilingan harbiy operasiyani boshlaganidan taxminan 50 soat o‘tib to‘xtatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp bu qarorni operasiya boshlanganidan ikki kun o‘tmasdan qabul qilgan.
Hozircha AQSh tomonidan to‘xtatishning aniq sabablari rasman tushuntirilmagan. Manbalarga ko‘ra, qaror ortida diplomatik bosim, mintaqada keskinlashuvning kuchayishi va logistik xavflar bilan bog‘liq omillar bo‘lishi mumkin.
Hodisa AQSh va Eron o‘rtasidagi keskin geosiyosiy vaziyat fondida yuz bergan.