O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat fuqarolarini ehtimoliy raketa hujumlari munosabati bilan ogohlikka chaqirdi.
“Isroil Davlatida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari DIQQATIGA!!! Hurmatli O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari! Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qiladi”, — deyiladi xabarda.
Elchixona quyidagilarni tavsiya qilmoqda:
Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring;
Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qilin;
Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga telefon raqamlari:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz