Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi Erondagi o‘zbekistonliklarga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni tavsiya qildi.
“Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi Erondagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni, shuningdek, Eron hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya qiladi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yurish kerakligi aytilgan.
Shoshilinch yordam yoki maslahat uchun O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasiga murojaat qilish so‘ralgan:
Favqulodda yordam telefonlari: 22299780, 22832025
Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz