Frankfurtda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Germaniya tomoni o‘zbekistonlik malakali kadrlar uchun viza rasmiylashtirish jarayoni juda uzoq davom etayotganini tan oldi va bu muammoni hal qilish choralarini ko‘rib chiqishini bildirdi.
Shuningdek, nemis kompaniyalari o‘zbekistonlik xodimlarning malakasi, mehnat intizomi va professionalligini yuqori baholadi.