O‘zbekiston va Shvesiya o‘rtasida migrasiya sohasida hamkorlikni kengaytirishga oid muhim kelishuv imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Migrasiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston va Shvesiya o‘rtasida migrasiya sohasida hamkorlikni kengaytirishga oid muhim kelishuv imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Migrasiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Migrasiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Shvesiya migrasiya vaziri Yoxan Forssel o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, ikki davlat o‘rtasida qonuniy, xavfsiz va shaffof migrasiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Qayd etilishicha, bu kelishuv noqonuniy migrasiyani oldini olish va inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
Hozirda Shvesiyada transport, qurilish, tibbiyot, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida mutaxassislar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. O‘zbekiston ushbu soha uchun malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatiga ega ekani ta’kidlandi. Shu maqsadda tomonlar ikki davlat o‘rtasida markazlashtirilgan raqamli platforma yaratish, pilot loyihalarni amalga oshirish va ish beruvchi talabidan kelib chiqib, yuqori malakali o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashga kelishib oldi.
Muzokara yakunida qo‘shma deklarasiya imzolandi. Unda noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish, axborot almashish va konsullik ko‘magi tizimlarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar belgilandi.
Shvesiya migrasiya vaziri Yoxan Forssel bu kelishuvni O‘zbekiston va Shvesiya munosabatlarida yangi bosqich deb atadi. Shuningdek, 2024 yil iyulida O‘zbekiston Migrasiya agentligi va Shvesiyadagi yirik ish beruvchi kompaniya rahbariyati uchrashuv o‘tkazib, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va mavjud imkoniyatlar muhokama qilingan.