Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonliklar Qozog‘istonga kirish uchun ETA ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi

O‘zbekistonliklar Qozog‘istonga kirish uchun ETA ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi


Qozog‘iston hukumati vizasiz rejimdagi xorijliklar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron kirish ruxsatnomasi — ETA olish qoidalarini tasdiqladi.

Ruxsatnoma bepul rasmiylashtiriladi va 2027 yil 1 iyuldan majburiy bo‘ladi.

📝 Ariza QazETA platformasi orqali rejalashtirilgan safardan kamida 72 soat oldin topshirilishi kerak. Ruxsatnoma 180 kun amal qiladi va shu davrda bir necha marta kirib-chiqish imkonini beradi.

📅 Tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi:
➖ 2026 yil 1 noyabr — Aqtau aeroporti va to‘rtta avtomobil o‘tkazish punktida;
➖ 2027 yil 1 yanvar — Ostona va Olmaota aeroportlarida;
2027 yil 1 mart — qolgan barcha o‘tkazish punktlarida.

⚠️ 2027 yil 1 iyulgacha ETA yo‘qligi mamlakatga kirishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi.

Kimlar ozod qilinadi? 16 yoshga to‘lmagan bolalar, 65 yoshdan oshgan shaxslar, Qozog‘iston vizasi yoki yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar hamda aeroport tranzit hududidan chiqmaydigan yo‘lovchilar.

Kiritildi: 20:34 14.10.2026. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!