2026 yil 1 may holatiga ko‘ra, aholining banklardan umumiy qarzdorligi 230,8 trln so‘mga yetgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,5 trln so‘mga ko‘p.
📊 Qarzlarning eng katta qismi ipoteka kreditlariga to‘g‘ri kelmoqda — 83,9 trln so‘m. Bir yil ichida ipoteka qarzlari hajmi 4,5 trln so‘mga oshgan.
Shuningdek:
▪️ mikroqarzlar — 50,1 trln so‘m;
▪️ mikrokreditlar — 44,3 trln so‘m;
▪️ avtokreditlar — 39,6 trln so‘m;
▪️ ta’lim kreditlari — 6,9 trln so‘mni tashkil etgan.
Hududlar kesimida eng katta kredit qoldig‘i Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi — 68,8 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari qayd etilgan.