Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda 41 ta vazirlik, idora va hokimlik tomonidan jami 1070 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilgani aniqlandi.
📊 Muddatlarni eng ko‘p buzgan tashkilotlar orasida:
➖ Andijon viloyati hokimligi — 137 ta holat;
➖ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 107 ta;
➖ Surxondaryo viloyati hokimligi — 103 ta.
Natijada 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi, 19 nafar mas’ul esa lavozimidan ozod etildi.