Xitoy Tayvan sharqidagi suvlarda maxsus dengiz operasiyasini boshlaganini e’lon qildi.
Bu haqda Xinhua xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu choralar Yaponiya va Filippin o‘rtasida mintaqadagi dengiz chegaralari bo‘yicha maslahatlashuvlar boshlanishiga javoban ko‘rilmoqda.
"Xitoy Transport vazirligi Tayvan sharqidagi suvlarda dengiz navigasiyasini ta’minlash uchun maxsus operasiya tashkil qildi... Bu Yaponiya va Filippinning "dengiz chegaralarini delimitasiya qilish bo‘yicha muzokaralar"ni boshlash haqidagi bir tomonlama e’loniga javoban zaruriy choradir", deyiladi rasmiy bayonotda.
Hujjatda ikki mamlakat o‘rtasidagi yuqorida tilga olingan muzokaralar Xitoyning hududiy suverenitetini, shuningdek, uning dengiz huquqlari va manfaatlarini buzish ekanligi ta’kidlangan.