Reuters agentligining manbalariga tayanib xabar berishicha, shaxsiy uchrashuv o‘tkazish taklifi, birinchi navbatda, Rossiya elitasi, biznesi va Ukrainaning g‘arblik ittifoqchilari uchun mo‘ljallangan.
"Kiyevdagilarning fikricha, iqtisodiyotdagi muammolar tufayli Rossiyada tobora ko‘proq nufuzli odamlar urush tugashini xohlamoqda. Putin esa muzokaralardan yana bir bor bosh tortdi va tinchlik shartlari allaqachon Tramp bilan muhokama qilinganini bildirdi", deyiladi maqolada.