Isroilda bir qator otishmalar sodir bo‘ldi, natijada bir kishi halok bo‘ldi va besh kishi yaralandi. Otishma Kochav Yair tumanidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida boshlanib, keyin Sur Yitzhak va Sur Natan shaharlariga tarqaldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea terroristik hujum sifatida tasniflanmoqda. Isroil Milliy Favqulodda Xizmati X tarmog‘ida bir kishi halok bo‘lganini va besh kishi jarohatlanganini tasdiqladi. Yaradorlardan ikki nafari og‘ir ahvolda, yana uch nafari o‘rtacha ahvolda.
Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) gumon qilinayotgan otishmachilardan biri zararsizlantirilganini ma’lum qildi. Askarlar qo‘shimcha tibbiy xodimlar bilan birgalikda boshqa ehtimoliy hujumchilarni qidirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib bormoqda va yaradorlarga tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.
The Jerusalim Post xabariga ko‘ra, harbiylar Sur Yitzhakda ikkinchi otishmachini qidirmoqda va mahalliy aholiga «terrorchilarning kirib kelishi» haqida ogohlantirildi.