Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonliklar bir yilda “import choylar” uchun 50 mln dollardan ko‘proq pul sarflagan

O‘zbekistonliklar bir yilda “import choylar” uchun 50 mln dollardan ko‘proq pul sarflagan

O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 50,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 33 378 tonna choy import qilingan.

Statistika agentligiga ko‘ra, O‘zbekiston hisobot davrida eng ko‘p – Xitoy (26 806 tonna), Keniya (1 651 tonna) va Eron (1 271 tonna) davlatlaridan choy xarid qilgan.

Shuningdek, Hindiston (965 tonna) va Rossiya (578 tonna) ham ushbu ro‘yxatni davom ettiradi. Boshqa davlatlardan esa jami 2 107 tonna choy import qilingan.

Ma’lumot uchun, choy O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulot bo‘lib, Xitoydan keltirilgan choylar ichki bozorda asosiy ulushni tashkil qiladi.

Kiritildi: 18:56 07.02.2025. O'qildi: 910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!