🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 18,8 trln so‘mni tashkil etgan.
📊 Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 21 foizga oshgan.
📊 Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar eng yuqori ulushga ega bo‘lib, jami ta’lim xizmatlarining 44,7 foizini tashkil etdi.
Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi:
Toshkent shahri — 9,7 trln so‘m
Samarqand viloyati — 1,3 trln so‘m
Farg‘ona viloyati — 1,1 trln so‘m
Andijon viloyati — 918,9 mlrd so‘m
Toshkent viloyati — 908,4 mlrd so‘m
Namangan viloyati — 901,3 mlrd so‘m
Buxoro viloyati — 799 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati — 782,2 mlrd so‘m
Xorazm viloyati — 578,9 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati — 577,5 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 533,2 mlrd so‘m
Jizzax viloyati — 279,9 mlrd so‘m
Navoiy viloyati — 244,4 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati — 192,1 mlrd so‘m