102 ta davlat orasida O‘zbekiston 91-o‘rinni egalladi, o‘rtacha daromad ko‘ruvchi o‘zbeklar 1 million dollar ishlab topishi uchun deyarli 278 yil mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Eng tez 1 million dollar ishlab topadigan beshta davlat orasida Shveysariya 1-o‘rinni egalladi. Shveysariya fuqarolari bu mablag‘ni 14 yilu 3 oyda ishlab topishi mumkin. Shveysariyadan keyingi o‘rinni egallagan singapurliklar esa ushbu summani 16 yilu 11 oyda, 3-o‘rinni egallagan Lyuksemburg aholisi esa — 17 yil 4 oyda ishlab topa oladi.
Ro‘yxatning eng so‘nggi o‘rnida Pokiston Islom Respublikasi turibdi. O‘rtacha daromadga ega pokistonlik 1 million dollar ishlab topishi uchun 621 yil va 3 oy mehnat qilishi talab etiladi. Shuningdek, Pokistondan biroz farqli ravishda, eng quyi o‘rinlarni egallagan top 5 ta davlat quyidagilar:
Nepal — 420 yil va 9 oy
Nigeriya — 519 yil va 1 oy
Uganda — 523 yil va 3 oy
Misr — 603 yil va 6 oy