Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Moskva g‘azabda: Barcha javobgarlik AQShda...

Moskva g‘azabda: Barcha javobgarlik AQShda...

Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berishning to‘xtatilishi yevropaliklarning turmush darajasiga “eng salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, shuningdek, Yevropaning iqtisodiy salohiyatini zaiflashtiradi, deydi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.

Zaxarova Qo‘shma Shtatlarni "energiya bozorini qayta taqsimlash" dan asosiy foyda oluvchi deb atadi. Uning fikricha, Amerika rasmiylari harakatlarining birinchi “qurboni” “Shimoliy oqim” portlashidan keyin “tabiiy gazni ancha yuqori narxlarda sotib olishga majbur bo‘lgan” Germaniya iqtisodiyoti bo‘ldi.

"Endi ilgari iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli va mustaqil Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari Amerika homiyligi uchun o‘z narxini to‘lashi kerak", deyiladi Rossiya TIV vakilining sharhida.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, Yevropadagi gaz muammolari uchun barcha javobgarlik AQSh zimmasiga tushadi, chunki Rossiyadan gaz tranzitini to‘xtatish Amerika iqtisodiyoti manfaati uchun ishlaydi.

Kiritildi: 21:09 02.01.2025. O'qildi: 11880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!