Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nyu-Orleanda odamlarni avtomashinada bosib ketgan shaxs Shamsuddin Jabbor bo‘lib chiqdi

Nyu-Orleanda odamlarni avtomashinada bosib ketgan shaxs Shamsuddin Jabbor bo‘lib chiqdi

AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) Luiziana shtati Nyu-Orlean shahrida odamlarni avtomobilda bosib ketgan shaxsning shaxsini aniqladi.

Bu haqda mahalliy NOLA nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, polisiyaga o‘q uzgan gumonlanuvchi voqea joyida o‘ldirilgan va uning 42 yoshli Shamsud-Din Jabbor ekanligi aniqlangan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, erkakning mashinasida ISHID terrorchilik tashkiloti bayrog‘i bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni Luiziana shtatining Nyu-Orlean shahrida pikap haydovchisi Burbon ko‘chasida olomon ustiga borib urilgan va o‘t ochgan edi. Terakt oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Jinoyat sodir bo‘lgan joyda qo‘lbola portlovchi qurilmalar topilgan.

Kiritildi: 12:09 02.01.2025. O'qildi: 3699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!