Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Grenlandiya AQSh tarixidagi eng yirik xarid bo‘lishi mumkin

Grenlandiya AQSh tarixidagi eng yirik xarid bo‘lishi mumkin

Grenlandiya AQSh tarixidagi eng yirik xarid bo‘lishi mumkin.

Gazeta ta’kidlashicha, ikki yuz yildan ko‘proq vaqt oldin Qo‘shma Shtatlar Parij bilan umumiy maydoni qariyb 2,14 million kvadrat kilometr bo‘lgan fransuz mulklarini sotib olish bo‘yicha kelishuv tuzgan. “Luiziana xaridi” nomli kelishuvning bir qismi sifatida o‘sha payt 15 dan ortiq shtat, jumladan Luizianani o‘z ichiga olgan ulkan hudud Amerikaga berilishi hozircha mamlakat tarixidagi eng yirik bitim hisoblanadi.

– Agar Grenlandiyani sotib olish rejasi amalga oshsa, bu Qo‘shma Shtatlar tarixdagi eng yirik hududiy xarid bo‘ladi va 1803 yil Amerika hududini deyarli ikki barobar kengaytirgan Luiziana xaridini ham ortda qoldiradi, – deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, hozir Daniya tarkibiga kiruvchi Grenlandiya hududi 2,16 million kvadrat kilometr. Agar Vashington Kopengagen bilan kelisha olsa, bepoyon orol qo‘lga kiritilishi Prezident Tomas Jefferson tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilaydi. Bu 1845 yil Meksikadan anneksiya qilingan Texasdan ikki barobar yirik hudud. Shuningdek, 1867 yil Rossiya imperiyasi AQShga sotgan Alyaskadan ham kattaroq.

Avvalroq Tramp Grenlandiyaga egalik qilish “mutlaq zarurat” deya, Amerikaning Daniyadagi yangi elchisi etib Shvesiyadagi sobiq elchi, tadbirkor Ken Xoveri tayinlanishi haqidagi qaroriga izoh bergan edi. Dushanba kuni Grenlandiya Bosh vaziri Mute Egede javoban orol sotilmasligi, bu masala mutlaqo ko‘tarilmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 16:08 02.01.2025. O'qildi: 3005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!