Angliyada 52 yil oldin g‘oyib bo‘lgan ayol polisiya uning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirganidan keyin tirik va sog‘lom topildi. Shu tariqa, Britaniyadagi eng uzoq davom etgan bedarak yo‘qolgan shaxslardan biri ochildi.
Hozirda 68 yoshli Sheyla Foks 1972 yilda 16 yoshida Koventridan g‘oyib bo‘lgan, deya xabar beradi Guardian nashri. O‘shanda G‘arbiy Midlend polisiyasi qiz ota-onasi bilan yashagan va erkak bilan munosabatda bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Polisiya uning hududni tark etgan bo‘lishi mumkinligiga ishongan.
Yakshanba kuni Uest-Midlends polisiyasi Foksni topishga yordam berish uchun yangi murojaatni boshladi va uning 16 yoshli fotosuratini veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi. Yangi yil mo‘’jizasida jamoatchilik vakillari post e’lon qilinganidan keyin bir necha soat ichida polisiyaga murojaat qilishdi va chorshanba kuni ular Foksning tirik va sog‘lom ekanligini tasdiqlashdi. Aytishlaricha, u mamlakatning boshqa qismida yashagan. "Biz G‘arbiy Midlend polisiyasining bedarak yo‘qolgan shaxslar bo‘yicha eng uzoq davom etgan tergovlaridan biri yakunlanganini e’lon qilishdan mamnunmiz", dedi mahalliy polisiya vakili.