"Roma" Eldor Shomurodov o‘rniga "Udineze" hujumchisi Betoga ko‘z tikdi.
O‘zbekistonlik futbolchi Klaudio Ranyerini hayratda qoldira olmaganidan so‘ng yanvar oyida "Roma"ni tark etishi kutilmoqda.
Il Messaggero xabariga ko‘ra, "Roma" va Shomurodovning atrofidagilar unga A Seriya turnir jadvalining quyi qismidan yangi klub topishga harakat qilishmoqda.
Unga "Empoli", "Kalyari" va "Venesiya" klublari qiziqish bildirishgan.
Asosiy to‘siq Shomurodovning 1,5 million yevrolik maoshi bo‘lib turibdi, bu esa bu jamoalardan birortasi uni doimiy shartnomaga imzolashiga to‘sqinlik qilmoqda.