Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonliklar 1 milliarddan oshiq pulini Labubuga ishlatib yuborishdi

O‘zbekistonliklar 1 milliarddan oshiq pulini Labubuga ishlatib yuborishdi

O‘zbekiston aholisi uchun bugungi kunda marketpleyslar trenddagi mahsulotlarni xarid qilish uchun eng qulay kanalga aylanib qoldi. Trenddagi o‘yinchoqlar masalasi esa marketpelyslar uchun TOPga chiqish yo‘li bo‘lib qoldi.

Uzum Marketning UZ24'ga taqdim qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda marketpleysda slaymlar, skvishlar va, albatta, Labubu o‘yinchoqlari eng mashhur mahsulotlardan biri bo‘lmoqda.

Labubu o‘yinchoqlari sotuvi:

– Birinchi trenddagi o‘yinchoq platformada may oyida paydo bo‘ldi.

– Unga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi ikki oydan kamroq vaqt ichida 110 000 dollardan ortiq (taxminan 1 387 000 000 so‘m) qiymatidagi Labubu o‘yinchoqlarini xarid qildi.

Labubular narxi qanday?

– Jahon marketpleyslarida mazkur o‘yinchoq 22 dollardan 900 dollargacha sotilmoqda. Milliy marketpleysda esa mazkur o‘yinchoqlarni 45 ming so‘mdan topish mumkin.

«Maxluqchalar» Rossiya bozorida:

– Ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar marketpleyslarda Labubu uchun 1,5 mlrd rubl sarflagan. Aprel oyida o‘yinchoqlarga minimal darajada bo‘lib turgan talab may oyida «uchdi». Atigi ikki oy ichida Labubularning aylanmasi 1190 foizga oshdi. O‘rtacha hisobda, mamlakatning har o‘ninchi aholisi bozorlarda Labubu sotib olgan.

O‘yinchoqlar va yetkazib berish:

– Hozirda marketpleysda 700 dan ortiq noyob SKU mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston bo‘ylab 480 ta aholi punktiga bir kunda yetkazib beriladi.

– Labubu o‘yinchoqlari eng mashhur model bo‘lib, eng ko‘p xarid Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro va Navoiy kabi yirik shaharlarda amalga oshirilgan.

Marketpleyslar va infratuzilma:

– Marketpleys sotuvchilari odatda birinchilardan bo‘lib mamlakatga yangi mahsulotlarni olib kelishadi.

– Uzum Market infratuzilmasi esa o‘zbekistonliklarga butun mamlakat bo‘ylab kerakli tovarlarni tezda qo‘lga kiritish, qulay usulda to‘lov qilish, zarur bo‘lganda sotuvchi bilan bog‘lanish yoki tovarni qaytarish imkonini beradi.

Kiritildi: 14:55 23.07.2025. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!